Fransuz til birliklarining badiiy matnda milliy-madaniy ifodasi

TILNI O‘QITISH, O‘RGANISH VA BAHOLASHDAGI INNOVATSIYALAR Sahifalar: 520-523 Ko'rishlar: 15 marta
Annotatsiya

Mazkur maqolada fransuz til birliklarining badiiy matnda milliy-madaniy mazmunni ifodalashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til faqat aloqa vositasi emas, balki xalqning tarixi, dunyoqarashi, urf-odatlari, qadriyatlari va estetik tafakkurini aks ettiruvchi muhim madaniy hodisa hisoblanadi. Ayniqsa, badiiy matnda qo‘llanadigan leksik birliklar, frazeologizmlar, realiyalar, murojaat shakllari, milliy mentalitetga xos obrazlar va madaniy konnotatsiyalar muallifning g‘oyaviy-estetik maqsadini ochib berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Fransuz adabiy matnlarida uchraydigan til birliklari fransuz xalqining ijtimoiy hayoti, axloqiy qarashlari, madaniy qadriyatlari va milliy tafakkurini namoyon qiladi. Maqolada fransuz til birliklarining badiiy matndagi semantik, lingvokulturologik va stilistik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, milliy-madaniy birliklarni tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolar va ularni to‘g‘ri talqin qilish zarurati haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar
To'liq matn (PDF)
PDF Yuklash

Fayl hajmi: 811,4 KB