Ingliz tilini o‘rganishda kognitiv jarayonlar va xotira mexanizmlari

TILNI O‘QITISH, O‘RGANISH VA BAHOLASHDAGI INNOVATSIYALAR Sahifalar: 254-256 Ko'rishlar: 19 marta
Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rganish jarayonida kognitiv jarayonlar va xotira mexanizmlarining roli nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Til o‘rganish murakkab psixolingvistik jarayon bo‘lib, unda idrok, diqqat, xotira va tafakkur kabi kognitiv komponentlar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira tizimlari, ishchi xotira (working memory) hamda ularning til kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati o‘rganildi. Kvantitativ va sifat tahlillari asosida o‘tkazilgan tajribalar natijalari shuni ko‘rsatdiki, samarali xotira strategiyalaridan foydalangan talabalar til materiallarini tezroq o‘zlashtiradi va uzoq muddat eslab qoladi. Shuningdek, maqolada kognitiv yuklama, takrorlash, assotsiatsiya va kontekstual o‘rganish kabi metodlarning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitishda kognitiv yondashuvni qo‘llash zarurligini asoslaydi va metodik jihatdan muhim tavsiyalar beradi.

Kalit so'zlar
To'liq matn (PDF)
PDF Yuklash

Fayl hajmi: 813,0 KB