Koreys Tilini O‘Rganishda Talabalarning Mustaqil Ta’Lim Faoliyatini Tashkil Etish
Text Theory: Problems and Prospects. Aspects of Teaching Russian as a Foreign Language
Pages: 391-393
Views: 38 times
Abstract
Mazkur tezisda koreys tilini o‘rganish jarayonida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishning nazariy va metodik jihatlari yoritilib, mustaqil ta’lim, o‘zini o‘zi boshqarib o‘rganish va ta’lim oluvchiga yo‘naltirilgan ta’lim tushunchalarining mazmuniy xususiyatlari tahlil qilingan. Koreys tilidagi 자율학습 (chayul-haksib), 자기주도학습 (chagi chudo haksib) va 학습자 중심 교육 (haksibcha chungshim kyoyuk) terminlarining mazmuni hamda ularning xorijiy til ta’limidagi o‘rni izohlangan. Shuningdek, mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishning maqsadni belgilash, o‘quv materiallarini tanlash, topshiriqlarni bajarish, o‘zlashtirishni nazorat qilish va natijalarni refleksiv baholash kabi tarkibiy jihatlari ko‘rib chiqilgan.
Keywords
koreys tili
mustaqil ta’lim
자율학습
자기주도학습
학습자 중심 교육
o‘quv faoliyati
o‘zini o‘zi boshqarish
refleksiya
xorijiy til ta’limi.