Koreys Tilini O‘Rganishda Talabalarning O‘Quv Faoliyatini Rejalashtirish
Abstract
Mazkur maqolada koreys tilini o‘rganish jarayonida talabalarning o‘quv faoliyatini rejalashtirishning nazariy va metodik jihatlari yoritilgan boʻlib, o‘quv faoliyatini maqsadli tashkil etish, o‘quv vazifalarini belgilash, vaqt resurslaridan oqilona foydalanish, o‘quv strategiyalarini tanlash hamda o‘zlashtirish natijalarini muntazam tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Koreys tilini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan 목표 설정 (maqsad belgilash), 학습 계획 (o‘quv rejasini tuzish), 학습 전략 (o‘quv strategiyasi), 시간 관리 (vaqtni boshqarish), 자기점검 (o‘zini nazorat qilish), 성찰 (refleksiya) kabi tushunchalarning mazmuni izohlangan. Shuningdek, o‘quv faoliyatini rejalashtirishning talabaning mustaqil ishlashi va o‘z o‘quv faoliyatini tartibga solishidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.