Leksik-semantik sathda ko‘chimlarning shakllanishi va turlari
Abstract
Mazkur maqolada leksik-semantik sathda ko‘chimlarning shakllanishi, ularning til tizimidagi o‘rni va asosiy turlari tahlil qilinadi. Unda so‘zning asl va ko‘chma ma’nolari o‘rtasidagi munosabat, ko‘chimlarning matn mazmunini boyitishdagi vazifasi hamda lingvomadaniy va stilistik tadqiqotlardagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, metafora, metonimiya, sinekdoxa, epitet, kinoya, giperbola, litota va evfemizm kabi ko‘chim turlari nazariy manbalar asosida izohlanadi. Maqolada ko‘chimlarni tasniflashga oid turli ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilinib, ularning semantik-struktural xususiyatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ko‘chimlar tilning obrazlilik, ekspressivlik va ma’no kengaytirish imkoniyatlarini namoyon etuvchi muhim vosita ekanini ko‘rsatadi.