Ona tili ta’limida fanlararo integratsiya vositasi sifatida monogen va gomogen predmetli matnlardan foydalanish

Text Theory: Problems and Prospects. Aspects of Teaching Russian as a Foreign Language Pages: 4-7 Views: 4 times
Abstract

Mazkur maqolada ona tili ta’limida qo‘llaniladigan didaktik matnlarni tanlashning yangi yondashuvi taklif etiladi. An’anaviy amaliyotda asosan badiiy matnlardan foydalanilgan bo‘lsa, tadqiqotda matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya va tarix fanlari darsliklari asosida yaratilgan matnlarning pedagogik imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot doirasida ikkita yangi tushuncha – monogen matn va gomogen fanlararo matn kiritiladi. Monogen matnlar bitta o‘quv faniga oid mazmunga ega bo‘lsa, gomogen matnlar bir nechta fanlarga oid gaplarni yagona lingvistik muhitda birlashtiradi. Tadqiqotda fanlararo integratsiya, bilimlarni transfer qilish nazariyasi hamda CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining nazariy asoslari tahlil qilinadi. Predmetga oid matnlarni grammatik tahlil qilish orqali o‘quvchilarda bir vaqtning o‘zida til kompetensiyalari va fanlarga oid bilimlar rivojlanishi asoslanadi. Monogen va gomogen matnlarni yaratishning konseptual modeli taklif etiladi. Tadqiqot natijalari til va predmet mazmunini integratsiyalash o‘quvchilarning bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi, eslab qolishi va fanlararo kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Keywords
Full text (PDF)
Download PDF

File size: 674.9 KB