Sharq tillari grammatikasini o‘qitishning differensial va multimodal yondashuvlari
Abstract
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim muhitida arab, fors va turk tillari grammatikasini o‘qitishning differensial va multimodal yondashuvlari qiyosiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi turli ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilar uchun sharq tillari grammatik hodisalarini o‘zlashtirishni yengillashtiradigan samarali metodik yechimlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tahlil, qiyosiy-pedagogik yondashuv, modellashtirish va funksional-kommunikativ yondashuv usullaridan foydalanildi. Natijada arab tilida morfologik shablonlar, fors tilida konstruksiyaviy sxema, turk tilida esa morfemali segmentatsiya inklyuziv o‘qitishda ayniqsa samarali ekani aniqlandi. Shuningdek, vizual, audial, matnli va raqamli taqdim shakllarini birlashtirish grammatik materialni tushunish, mustahkamlash va nutqda qo‘llash samaradorligini oshirishi asoslandi. Xulosa qilib aytganda, inklyuziv grammatika ta’limi mazmunni soddalashtirishga emas, balki uni taqdim etish va o‘zlashtirish usullarini boyitishga tayanishi lozim.