Badiy asar qahramoni nutqidagi hissiy-emotsional jumlalar tarjimasida gender omilining ahamiyati

TILNI O‘QITISH, O‘RGANISH VA BAHOLASHDAGI INNOVATSIYALAR Sahifalar: 737-740 Ko'rishlar: 16 marta
Annotatsiya

Mazkur maqolada badiiy asar qahramonlari nutqida uchraydigan hissiy-emotsional jumlalarning tarjimasida gender omilining ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy tarjimashunoslikda gender masalasi lingvistik va pragmatik nuqtai nazardan muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Erkak va ayol qahramonlar nutqidagi emotsional birliklar, murojaat shakllari, ekspressiv vositalar hamda ularning tarjimada qay darajada saqlanishi yoki transformatsiyaga uchrashi maqolaning asosiy tadqiqot obyektini tashkil etadi. Tadqiqotda lingvistik tahlil, qiyosiy tarjima tahlili hamda diskursiv yondashuv metodlaridan foydalanildi. Misollar sifatida o‘zbek va ingliz adabiyotidagi ayrim badiiy asarlardan namunalar keltirildi. Tadqiqot natijalari gender omili tarjima jarayonida qahramon xarakteri, milliy mentalitet va pragmatik ma’noni yetkazishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar
To'liq matn (PDF)
PDF Yuklash

Fayl hajmi: 811,6 KB