Onomastik tarkibli turgʻun birikmalar stilistikasi
TILNI O‘QITISH, O‘RGANISH VA BAHOLASHDAGI INNOVATSIYALAR
Sahifalar: 581-584
Ko'rishlar: 15 marta
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi onomastik tarkibli turg‘un birikmalarning semantik va stilistik xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, “almisoqdan qolgan” hamda “yangi Amerika ochish shart emas” kabi iboralarning kelib chiqishi, mifologik va tarixiy asoslari hamda ularning metaforik ma’nolari yoritilgan. Tadqiqotda ushbu birliklarning publisistik va og‘zaki nutqda obrazlilik, ta’sirchanlik va ixchamlikni ta’minlashdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, onomastik birliklarning tilning estetik va madaniy funksiyalarini namoyon etuvchi muhim vosita ekanligi asoslangan.
Kalit so'zlar
onomastik birliklar
turg‘un birikmalar
mifonim
“Al-miysoq”
“Yavmal-Miysoq”
metaforik ma’no
stilistik vosita
publisistik uslub
“yangi Amerika ochish”
assotsiativ ma’no
til va madaniyat
obrazlilik
ta’sirchanlik.