O‘zbek filmlarida uchraydigan milliy-madaniy birliklarning lingvokulturologik tasnifi
Matn nazariyasi: muammolar va rivojlanish istiqbollari. Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning ayrim jihatlari
Sahifalar: 327-330
Ko'rishlar: 3 marta
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek kino diskursida uchraydigan milliy-madaniy birliklar lingvokulturologik nuqtai nazardan tadqiq qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida “Elparvar”, “Vatan” va “Novda” filmlarining o‘zbek tilidagi matnlari tanlangan. Tahlil natijasida film matnlarida uchraydigan milliy-madaniy birliklar verbal va noverbal guruhlarga ajratildi. Verbal birliklar tarkibida realiyalar, konseptlar, frazeologik birliklar, paremiyalar, murojaat shakllari, diniy birliklar, antroponimlar, toponimlar va dialektizmlar alohida guruh sifatida tasniflandi. Tadqiqot natijalari o‘zbek filmlarida xalqning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlari va madaniy dunyoqarashi til birliklari orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar
lingvokulturologiya
kino diskursi
milliy-madaniy birliklar
realiyalar
konsept
frazeologizm
paremiyalar