O‘zbek romanida ijtimoiy hayot tasviri: “o‘tgan kunlar” va “kecha va kunduz” qiyosida

TILNI O‘QITISH, O‘RGANISH VA BAHOLASHDAGI INNOVATSIYALAR Sahifalar: 111-114 Ko'rishlar: 23 marta
Annotatsiya

O‘zbek romanida ijtimoiy hayot tasviri: “O‘tgan kunlar” va “Kecha va kunduz” qiyosida. Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining ikki yirik badiiy yodgorligi — Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” va Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanlarida ijtimoiy hayot tasviri chuqur qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda jamiyat modeli, tarixiy ong, shaxs va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy konfliktlar hamda an’anaviy va modernistik tafakkur o‘rtasidagi ziddiyat falsafiy va struktural jihatdan tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Qodiriy romanida statik, ierarxik va an’anaviy jamiyat modeli ustuvor bo‘lsa, Cho‘lpon asarida dinamik, psixologik va ma’rifiy uyg‘onish jarayoni markaziy o‘ringa chiqadi. Ushbu romanlar o‘zbek milliy romanchiligi shakllanishining ikki muhim bosqichini ifodalovchi badiiy-falsafiy tizim sifatida qaraladi.

Kalit so'zlar
To'liq matn (PDF)
PDF Yuklash

Fayl hajmi: 956,8 KB