Sotsialistik adabiyotda vakillik va polifoniya: Baxtin va Spivak kontekstida madun ovozi muammosi

TILNI O‘QITISH, O‘RGANISH VA BAHOLASHDAGI INNOVATSIYALAR Sahifalar: 974-977 Ko'rishlar: 18 marta
Annotatsiya

Ushbu ma’ruzaning maqsadi sotsialistik realizm adabiyotida ishchilar va dehqonlar sinfi talqinini Mixail Baxtinning “polifoniya” (ko‘p ovozlilik) nazariyasi hamda Gayatri Chakravorti Spivakning “madun” (subaltern) konsepsiyasi prizmasi orqali tadqiq etishdan iboratdir. Sotsialistik realizm ovozi bo‘g‘ilgan quyi tabaqalarni adabiyot markaziga olib chiqishni maqsad qilsa-da, ko‘p hollarda muallif yoki hukmron ideologiya ovozini mutloqlashtiruvchi yakka ovozli (monofonik) tuzilmaga aylanish xavfini tashiydi. Shu nuqtai nazardan, Spivakning “Madun gapira oladimi?” degan savoli sotsialistik realizm estetikasi doirasida qaytadan dolzarb ahamiyat kasb etadi: madun haqiqatan ham o‘z ovozi bilan gapiryaptimi yoki sotsialistik ziyolining ideologik diskursi tashuvchisiga aylanyaptimi? Ushbu tadqiqot sotsialistik realizm matnlaridagi quyi tabaqa qahramonlarining Baxtin tushunchasidagi mustaqil va ko‘p ovozli subyektlar ekanligini muhokama qilgan holda, madunning badiiy talqini bilan ideologik diskurs o‘rtasidagi ziddiyatni yuzaga chiqarishni maqsad qiladi.

Kalit so'zlar
To'liq matn (PDF)
PDF Yuklash

Fayl hajmi: 171,8 KB