Ingliz tilida modal fe’llarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari

TILNI O‘QITISH, O‘RGANISH VA BAHOLASHDAGI INNOVATSIYALAR Sahifalar: 263-265 Ko'rishlar: 20 marta
Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz tilidagi modal fe’llarning kognitiv va pragmatik xususiyatlari nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Modal fe’llar nutqda zarurat, ehtimollik, ruxsat va majburiyat kabi ma’nolarni ifodalovchi muhim grammatik birliklar hisoblanadi. Tadqiqot davomida modal fe’llarning semantik va funksional xususiyatlari, ularning kontekstga bog‘liq holda turli ma’no nozikliklarini ifodalashi o‘rganildi. Kognitiv yondashuv asosida modal fe’llarning inson tafakkuri bilan bog‘liqligi, ya’ni ehtimollik va baholash kategoriyalarini ifodalashdagi roli yoritildi. Pragmatik nuqtai nazardan esa ular nutq aktlari, muloqot strategiyalari va ijtimoiy kontekstda qanday ishlatilishi tahlil qilindi. Kvantitativ va sifat tahlillari asosida modal fe’llarning turli diskurslarda qo‘llanish chastotasi va funksional yuklamasi aniqlangan. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitishda modal fe’llarni samarali o‘rgatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi hamda lingvistik tadqiqotlar uchun muhim nazariy asos yaratadi.

Kalit so'zlar
To'liq matn (PDF)
PDF Yuklash

Fayl hajmi: 812,9 KB